“Milliy qadriyatlar atlasi” taqdimoti
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “Milliy qadriyatlar atlasi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot tadbirida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Majidov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i Z.Meyliyev kitob-albom haqida batafsil so‘z yuritdilar.
Tadbirda ta’kidlanganidek, “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi O‘zbekistonning milliy merosi, urf-odatlari va qadriyatlarini keng qamrovda yoritadi. Unga bayramlar, marosimlar, milliy o‘yinlar, tabiiy va badiiy meros hamda oila va jamiyatdagi axloqiy me’yorlar haqida ma’lumotlar kiritilgan. Kitob tarixiy va zamonaviy qadriyatlarni bog‘lab, milliy o‘zlikni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladi.